Chorshanba kuni ertalab Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan ballistik raketalar qisqa masofaga mo'ljallangan, deb xabar berdi Yonhap axborot agentligi Janubiy Koreya harbiy rasmiylariga tayanib.

Avvalroq Koreya Respublikasi shtab boshliqlari birlashgan qo'mitasi kamida bitta ballistik raketa uchirilgani haqida xabar bergan edi. endi Seul bir nechta snaryadlar haqida gapiryapti.

“Bizning qurolli kuchlarimiz 8:10 atrofida Xvanxe-Pukto viloyati Chunxva tumanidan [uezddan] shimoli-sharqqa uchirilgan qisqa masofali ballistik raketalar deb baholangan bir nechta raketalar uchirilganini aniqladi”, deyiladi qo'mitasi xabarida.

Harbiylar qo'shimcha uchirishlarga tayyorligini va AQSh va Yaponiya bilan ma'lumot almashishini qo'shimcha qildi. Yonhap agentligiga ko'ra, chorshanba kuni uchirilgan raketalar Yapon dengiziga emas, quruqlikka tushgan. Janubiy Koreya harbiylari bu sinov 2024-yil 18-sentabrda uchirilgan yangi Xvason-11DA-4,5 taktik raketasi bo'lganini inkor etmadi.

Bu iyun oyi boshida hokimiyatga kelgan Prezident Li Chje Myon davridagi birinchi va 2025-yilda beshinchi bor raketaning uchirilishi hisoblanadi.

Kelasi hafta Janubiy Koreyaning Kyonju shahrida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti bo'lib o'tadi. AQSh Prezidenti Donald Tramp tadbirdan bir necha kun oldin Janubiy Koreya yarim oroliga kelishi kutilmoqda, deb xabar berdi tass.ru.