Yoʻq maktabning oʻqituvchilari yoʻq dalaga majburiy mehnatga jalb etilgan

    Tashvishli xabar 8 Iyul 2021 477

    Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida sodir etilgan qonun buzilishi haqida tarqalgan axborot tasdigʻini topmadi.

    Ijtimoiy tarmoqda “Prezidentimiz majburiy mehnatni taqiqlagan bir paytda, Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tuman hokimining ogʻzaki topshirigʻi bilan 74-maktab oʻqituvchilari gʻoʻzalarga dori qoʻyishga majburlanmoqda. Oʻqituvchilar taʼtil payti dam olish oʻrniga issiqda dalada ishlamoqda...” mazmunida murojaat yoʻllangan boʻlib, mazkur murojaat yuzasidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻrganish oʻtkazildi.

    Namangan viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining maʼlum qilishicha, Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida 2008-yildan buyon texnik ekin hisoblangan paxta ekilmaydi. Yangiqoʻrgʻon tumani asosan qishloq xoʻjaligining yoʻnalishlarida faoliyat yuritib keladi.

    Shuningdek, Yangiqoʻrgʻon tuman xalq taʼlimi mudirining xatidan maʼlum boʻlishicha, Yangiqoʻrgʻon tumani xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufida 74-sonli taʼlim muassasasi mavjud emas.

    Oʻrganishlar natijasida internet tarmogʻida tarqalgan xabar oʻz tasdigʻini topmadi, deb xabar beradi Bandlik va mehnat vazirligi matbuot xizmati.