Tekshiruvda “B.N.” MCHJga qarashli fermerlarga yoqilgʻi tarqatish shoxobchasi moddiy javobgar shaxslari tomonidan jami 270,3 mln soʻmlik yoqilgʻi moylash materiallari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu MCHJ masʼul shaxslari tomonidan “S.S.” va “T.I.” MCHJlarga jami 550,7 mln soʻmlik yoqilgʻi mahsulotlari asossiz ravishda oldindan toʻlovlarsiz berib yuborilib, talon-taroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.