Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.n.” MCHJ Poytugʻ filiali operatori M.A. va boshqalar oʻzlarining moddiy javobgarligida boʻlgan 897,6 mln soʻmlik jami 105,7 tonna benzin va dizel yoqilgʻisi sotuvidan tushgan mablagʻlarni kirim qilmasdan oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.