Bir necha kun davom etgan shiddatli bahslar yakunida Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalga sazovor boʻldi.

Eʼtiborlisi, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamgʻargan yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.

Gʻolib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:

-48 kg: Sayfiddin Sobirov

-57 kg: Samandar Olimov

-63,5 kg: Abdulaziz Joʻraqulov

-86 kg: Akmaljon Isroilov

-92 kg: Halimjon Mamasoliyev

Kumush medal:

-75 kg: Jafarbek Shahbozov

+92 kg: Shahzod Polvonov

-48 kg: Jasmin Tohirova

-81 kg: Ruxshona Parpiyeva

+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova

Bronza medal:

-54 kg: Sobirjon Tastanov

-71 kg: Muhammad Azizbek Ismoilov

-70 kg: Oysha Toirova