Respublika birinchiligiga yurtimizning barcha viloyatlaridan yosh chavandozlar tashrif buyurdi. Sportchilar gʻoliblik uchun bor kuch-gʻayratlarini ishga soldi. Turnirning dastlabki kunida uch yoʻnalishda kuchlilar saralandi:

1-yoʻnalish, 110 sm:
1. Firdavsbek Davronbekov, “Hokim” laqabli otda.
2. Musajon Tohirjonov, “Rizotta”.
3. Boburjon Valijonov, “Samira”.

2-yoʻnalish, 120 sm:
1. Miryoqub Ismoilov, “Hokim”.
2. Fayojon Faxritdinov, “Hisobot”.
3. Fayojon Faxritdinov, “Alis G”.

3-yoʻnalishda 125 sm:
1. Omarbek Sharipov, “Giatris”.
2. Temur Azizov, “Furina Fan de Fiarat”.
3. Ashrafxon Neʼmatov, “Miss Meby”.

Ikkinchi kun bellashuvlarida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlandi:

1-yoʻnalish, 115 sm:
1. Boburjon Valijonov, “Samira”,
2. Boburjon Valijonov, “Abaja Dos Dorados”,
3. Muhamadrasul Sobirjonov, “Lasetti”.

2-yoʻnalish, 120 sm:
1. Lochinbek Tohirjonov, “Quinted Geye”.
2. Elina Akramova, “Vilbot”.
3. Aksinya Bolotova, “Karida”.

3-yoʻnalish, 130 sm:
1. Temur Azizov, “Ileksta”.
2. Omarbek Sharipov, “Giatris”.
3. Temur Azizov, “Furina Fan De Fiarat”.

Musobaqaning soʻnggi kun dasturlarida qayd etilgan natijalar:

Bolalar, 120 sm:
1. Boburjon Valijonov, “Abaja Dos Darados”.
2. Boburjon Valijonov, “Samira”.
3. Abdulaziz Izatullayev, “Oq dogʻ”.

Oʻsmirlar, 130 sm:
1. Lochinbek Tohirjonov, “Quinted G”.
2. Sofiya Li, “Leffe”.
3. Aksinya Bolotova, “Karida”.

Yoshlar,140 sm:
1. Temur Azizov “Ileksta”.

Uch kunlik bellashuvlar yakunida Boburjon Valijonov bu yilgi chempionatning bolalar oʻrtasidagi bahslarida mutlaq gʻolib deb topildi. Umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.