Qayd etilishicha, dunyoning 4 qitʼasi 32 davlatidan jami 428 nafar dzyudochi qatnashayotgan turnirning birinchi kungi bahslari Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi uchun omadli keldi.
Kamol Murodov bosh murabbiyligidagi dzyudochilarimiz unda 2 ta oltin, 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi. Ushbu natija bilan hamyurtlarimiz birinchi kundan soʻng umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda ketishmoqda.
Oltin medallar
- -66 kg: Dilshodbek Hamroyev
- +78 kg: Umida Nigʻmatova
Bronza medallar
- -60 kg: Samariddin Qoʻchqorov
- -63 kg: Sarvinoz Husanova








