Filial direktori Adhamjon Qoraboev tashabbusi bilan joriy yilning 23-28-yanvarigacha ko'ngilli yosh xodimlar guruhi tashkil etildi.

Viloyat HETK rahbari matbuot kotibi Dilshodbek Abduvosiev ma'lum qilishicha, har kuni ertalab va kechki payt ko'chada mashina kutib turgan bolalarning maktabga vaqtida etib borishlari hamda qaytishlari uchun beminnat shaxsiy transportlar hozirlangan. Yoqilg'isi jamiyat tomonidan ta'minlanadigan 10 ta “Damas” va 10 ta yengil avtomobil haydovchilari ixtiyoriy ravishda xizmat ko'rsatmoqda.

Shuningdek, ular yana boshqa savobtalab xohlovchilarni ezgulikka chorlashmoqda. “Safimizga qo'shilmoqchi bo'lganlarga stiker beramiz...”, deyilgan tashkilotning “Facebook”dagi sahifasida.