Yosh yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini ikki medal bilan boshladi

    Sport 16 Aprel 2025 1051

    Saudiya Arabistonining Damman shahrida yengil atletika boʻyicha U18 yosh toifasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

    Qayd etilishicha, musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 ta bronza medallariga sazovor boʻldi. Har ikki medalni qizlarimiz bosqon uloqtirish va 1500 metrga yugurish dasturlarida qoʻlga kiritdi.

    Bronza medal:

    • Shahribonu Zaripova (bosqon uloqtirish)
    • Marjona Saydullayeva (1500 metr)