Qayd etilishicha, musobaqaning soʻnggi kunida U17 yosh toifasida erkin kurash boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Kumush medal:

  • -51 kg: Ulugʻbek Rashidov
  • -55 kg: Abdumalik Jaloliddinov

Bronza medal:

  • -45 kg: Mirjalol Mukammilov
  • -48 kg: Shahobiddin Nurmanov
  • -60 kg: Faxriddin Nasriddinov

Musobaqa davomida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan U17 yosh toifasidagi erkin kurashchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egallashdi.

Ushbu yosh toifasidagi sportchilarimiz esa barcha yoʻnalishlarda jami 5 ta oltin, 7 ta kumush va 12 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.