“Yosh kitobxon” tanlovining 20-30 yosh toifasi boʻyicha bu yilgi gʻolibiga Cobalt avtomobili topshirildi

    “Yosh kitobxon” tanlovi 2023-yilgi mavsumining respublika final bosqichi yakunlandi.

    Joriy yilning 15-fevral sanasidan boshlangan tanlovning final bosqichi 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifalari oʻrtasida oʻtkazildi.

    Tanlovning 20-30 yosh toifasi boʻyicha final bosqichi gʻoliblari bilan tanishing

    1-oʻrin Soliyeva Gulxayo Mirzaakbar qizi 335,6 ball (Toshkent shahar) Cobalt avtomobili sohibi;

    2-oʻrin Abdrimova Feruza Azamatovna 330,4 ball (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) 50.000.000 soʻm pul mukofoti sohibi;

    3-oʻrin Diyorova Fazilat Mamasaid qizi 314,3 ball (Surxondaryo viloyati) 30.000.000 soʻm pul mukofoti sohibi;

    Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar 10.000.000 soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.