Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi koʻmagi bilan amalga oshirilgan jarayon muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Bu haqda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, hozirda barcha hamyurtlarimizning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yoʻl olishadi va u yerdan Toshkentga qaytib kelishadi.
"Kecha Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev hamyurtlarimizni mamlakatimizga olib kelish uchun Istanbulga joʻnab ketgan edi. Bugun u delegatsiyamizga qoʻshilib, sportchi va murabbiylarimizning Toshkentga qaytib kelish jarayoniga boshchilik qiladi", deyiladi xabarda.