Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz vakillari oltin va bronza medallariga sazovor boʻldi. Bu yilgi turnirlarda chinakam kashfiyotga aylanib ulgurgan Asel Erkebayeva yana bir bor oʻz tengqurlari orasida ayni paytda eng kuchli sportchi ekanini isbotladi.
U-13 toifasida qatnashgan Erkebayeva hal qiluvchi bellashuvda mezbonlar vakilasi Katarina Rajkovskani 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Shuningdek, yarim finalda Aselga imkoniyatni boy bergan boshqa bir hamyurtimiz Arujan Kamalova bronza medali bilan taqdirlandi.
WTT Youth Series, Polsha. U-13, qizlar:
1. Asel Erkebayeva (Oʻzbekiston)
2. Katarina Rajkovska (Polsha)
3. Arujan Kamalova (Oʻzbekiston)
3. Yarina Prekup (Ruminiya)