Mazkur qonun loyihasi bilan aholiga pensiya tayinlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini faol tatbiq etgan holda davlat tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsad qilingan.
Shundan kelib chiqib, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunga pensiya olish yoshiga toʻlgan (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh) fuqarolarga yoshga doir pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibini belgilashga oid oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga barcha nafaqalarni tayinlash va toʻlash Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakolatiga oʻtkazilgani munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi va “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonunlarga ham oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Fraksiya aʼzolari qonun loyihasi bilan qator yengilliklar berilayotgani, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olinishini taʼkidlab, uni qoʻllab-quvvatladi.