“Yoshlar daftari”ga qanday kirish mumkin?

    Keyingi avlod 27 Oktabr 2022 30196

    Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 30 mingdan ortiq talabalarning shartnoma puli toʻlab berilgani haqida maʼlum qildi.

    «Talabaga madad» loyihasida mahallalardagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan (hozirda 15 mln soʻm) miqdordagi qismi toʻlab beriladi.

    Bu imkoniyat Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan barcha oliy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat, xorijiy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalar uchun amal qiladi.

    Bugungacha mazkur tizimi orqali 30 mingdan ortiq talabalarning kontrakti toʻlab berildi. Juda koʻplab bilimli, iqtidorli talabalarda kontrakt pullarini toʻlashda qiyinchiliklar boʻlishi mumkin. Bu loyiha orqali esa barchaga birdek yordam berishga harakat qilamiz, ammo maqsadimiz iloji boricha eng ogʻir moliyaviy vaziyatdagi iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlashdir.

    “Yoshlar daftari”ga kirish uchun ortiqcha ovora boʻlib yurish shart emas. Tizim raqamlashgan boʻlib, https://yoshlardaftari.uz/ platformasi orqali onlayn ariza yuborishingiz yoki 24/7 faoliyat koʻrsatadigan 1093 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.