Yoshlar oyligi munosabati bilan Qarshi davlat universitet rektori, professor D.Nabiyev OTMga biriktirilgan Qamashi tumani Balandchayla mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlardan Gulnavo Otaqulova, Qudrat Bobomurodov, Xudoyberdi Boboqulov, Dilshod Hayitov, Mehriddin Eshmamatov, Asadbek Abdiyev, Poʻlat Saʼdullayev, Shahzod Berdirahmatov, Bekzod Boymurodov, Bekjon Doʻstmuhammedov va Islomjon Abdurahmonov xonadonlarida boʻlib, muloqot qildi.

Uchrashuvlarda ularning qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tikuv mashinalari, zamonaviy rusumdagi noutbuklar, quloq eshitish moslamalari, sintezator elektron musiqa cholgʻu asbobi, zamonaviy elektrpayvandlash uskunasi, elektron ovoz kuchaytirgich, sport kiyimlari, kitoblar toʻplami, moddiy yordam va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.

Shuningdek, vaqtinchalik ishsiz yoshlardan Shahzod Berdirahmatovga universitet xoʻjalik boʻlimiga ishga joylashish taklifi berildi. Davolanishga muhtoj yoshlarga Qarshi shahridagi xususiy klinikada tibbiy koʻrikdan oʻtishlari moliyalashtirib berilishi maʼlum qilindi. Universitet rektorining yoshlar xonadoniga tashrifi davom etmoqda