Tadbir Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati hamda qator tashkilotlar hamkorligida oʻtkazildi. U rassomlik boʻlimi ustozlari Mohira Rahmatjonova va Azizaxon Shoymurodova tashabbusi bilan tashkil qilindi.

Koʻrgazmaning asosiy maqsadi — onkologik kasallikka chalingan bolalarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, ular uchun teng imkoniyatlar yaratish hamda jamiyatda bagʻrikenglik va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashdan iborat.

Tadbir doirasida bolalarning ijodiy ishlari namoyish etildi. Xayriya savdosidan tushgan mablagʻlar esa ularning taʼlimi va ijodiy rivoji uchun yoʻnaltirildi.

Shuningdek, bolajonlar uchun quvnoq kuy-qoʻshiqlar yangradi, ishtirokchilarga diplom va sovgʻalar topshirildi.