Mazkur mavzuga Yoshlar ishlari agentligi ham eʼtibor qaratdi.

Agentlik munosabatida yoshlarning kitobga boʻlgan qiziqishi va koʻchalarda maʼrifat ulashayotgan insonlarning harakati doimo eʼtirof hamda qoʻllab-quvvatlashga munosib ekani taʼkidlandi.

Maʼlum qilinishicha, hozirgi kunda koʻchalarda kitob savdosini zamonaviy, tartibli va qulay formatga oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida aniq amaliy choralar koʻrilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, jonkuyar kitobdor Xayrulla Asadov borasida ham.

"Yoshlar va kitob mutolaasiga qiziquvchi barcha vatandoshlarimizga ilm ulashishda davom etishi uchun unga zamonaviy bukinist doʻkonchasi oʻrnatib beriladi. Faoliyatini barqaror va tizimli yoʻlga qoʻyishi uchun ushbu yangi savdo nuqtasiga qoʻshimcha 2000 dan ziyod kitob taqdim etiladi. Asosiy maqsadimiz — ezgu tashabbuslarga munosib sharoit yaratib berish orqali ularni yanada rivojlantirishdir", deyiladi agentlik xabarida.