Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2018-yildagi “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisidagi PF-5466-sonli Farmoniga asosan “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar hisob raqamidan Markaziy apparati sobiq bosh hisobchisi A.U. oʻzining XATB “DAVR BANK” Yunusobod filialidan ochilgan shaxsiy plastik kartasiga 07.02.2020-yilda 50 mln. soʻm, 02.03.2020-yilda 150 mln. soʻm hamda oʻzining taʼsischiligidagi oilaviy korxonasining AT “Xalq banki” Zangiota filialidagi hisob raqamiga 21.07.2020-yilda hech qanday hujjatlarsiz 991 mln. 296 ming 229 soʻm jami 1 mlrd. 191,3 mln. soʻm pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zangiota tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.