JSSTning maʼlumotlariga koʻra, oxirgi besh oy ichida COVID-19 bilan zararlanish yosh avlod orasida uch barobar ortgan.
24-fevraldan 12-iyulga qadar oʻrganilgan 6 million zararlanish holatida 15-24 atrofidagi yoshlar oʻrtasida koronavirus bilan kasallanish darajasi 4,5 dan 15 ga koʻtarilgan. Bunga sabab qilib, yoshlarning doʻstlari bilan vaqtini koʻp birga oʻtkazishi, tungi klub va plyajlarga koʻp borishi koʻrsatilmoqda.
Mutaxassislarning aytishicha, Yevropada bu koʻrsatkichlar ancha yuqori: yoshlarning har uchtasidan birida virus alomatlari koʻzga tashlanmoqda.