Toshkent shahri yaqinida Olimpiya shaharchasi qurilayotgani, u erda 2025 yilda yoshlar o'rtasida IV Osiyo o'yinlari o'tkazilishidan xalqimiz yaxshi xabardor.

Endi yana bir xushxabar: yoshlar o'rtasida 2025 yilgi Paraosiyo o'yinlari ham Toshkent shahrida o'tkaziladigan bo'ldi. Bu haqda Osiyo Paralimpiya qo'mitasi prezidenti Majid Rashid ma'lum qilgan.

Bu musobaqani qabul qilish uchun qit'amizning bir qator etakchi davlatlari da'vogarlik qilishgan edi. Yakunda Osiyo Paralimpiya qo'mitasi Toshkent shahri nomzodini qo'llab-quvvatladi.

E'tiborlisi, shu paytgacha hech qaysi davlatda yoshlar o'rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o'yinlari ketma-ket o'tkazilmagan», — deyiladi xabarda.