Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda, bunday tizimli ishlar Ishtixon tumanida ham olib borilmoqda. Tuman hokimi Shuhrat Negmatov olis hududlardan biri Chimqoʻrgʻon MFY yoshlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda, 26 nafar yoshning 30 ta murojaati tinglandi. Murojaatlari asosida ularning masalalar joyida hal etildi.
Jumladan, Shoxruh Shoxxoʻjayevga sartaroshlik kasbini davom ettirishi uchun sartaroshlik asbob-uskunalari, tikuvchilikni kasb qilgan Gulhayo Radjabovga tikuv mashinasi bepul berildi.
Diyor Malikovga reja qilgan joyidan yengil konstrutsiyali avtomoyka ochishga ruxsat berilib, bunda “karcher” uskunasi hokimlik tomonidan bepul ajratildi.
Sunatillo Ermanovga duradgorlik faoliyati uchun kredit, uning akasi Oybek Ermanov esa jamoatchilik asosida ishga joylandi.
Shohida Holmatova qishlogʻida bolalar bogʻchasi yoʻqligidan shikoyat qildi. Tuman hokimi fuqaroga oilaviy bogʻcha ochish taklifini berib, bunda har qanday yordamni berishga va qoʻllab-quvatlashini aytdi. Bundan tashqari, Yodgora Botirova ikki yoshgacha boʻlgan bolalar pulini, soʻngi uch oy mobaynida hech qanday sababsiz ololmayotgani haqida tuman hokimiga murojaat qildi. Ushbu masala, uchrashuvda ishtirok etayotgan DXX xodimi tomonidan nazoratga olinib tegishli tartibda koʻrib chiqiladi. Kredit olish, tadbirkorlikka oʻqish, kadastr hujjatini olish, gaz ballon masalalalarida qilingan murojaatlar oʻrganilib, fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatiladigan boʻldi. Yoshlar bilan boʻlgan uchrashuvda tuman hokimligi vakillari, tashkilot rahbar hamda xodimlari, DXX boʻlim boshligʻi ishtirok etdi.