Yigʻilishda jinoyat qilgan shaxslarning har uchinchisini yoshlar tashkil qilayotgani taʼkidlandi.
Ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 32 foizi oʻgʻrilik va firibgarlik hisoblanadi.
Ushbu toifadagi jinoyatlarning eng koʻpi Toshkent shahri va Fargʻona viloyatida qayd qilingan.
Yoshlar jinoyatining har yettinchisi guruh tarkibida sodir qilingan, 1 ming 100 nafar yoshlar takroran jinoyatga qoʻl urgan.
“Eʼtibor bering, yoshlar jinoyatchiligining katta qismi nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinmoqda. Eng achinarlisi, voyaga yetmaganlar ichida oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlari ham bor”, - dedi davlat rahbari.
Bu borada viloyatda ham, respublikada ham eng yomon ahvol Qoʻqon shahrida ekani koʻrsatib oʻtildi.