Shavkat Mirziyoyev bosh vazir oʻrinbosari Shuhrat Gʻaniyevga yoshlarni qishloq xoʻjaligiga jalb qilish tartibini, har 10 gektar ekiladigan yerning 1 gektarini yoshlarga ajratishni aytdi. Prezident buni “inqilobiy qaror” deb atadi.
— Har bir fermer 2 gektardan yerini yarim gektardan qilib, 4 nafar yoshlarga boʻlib bersin. Ular bu yerga istagan ekinini eksin, hech kim aralashmaydi, — dedi Prezident.
Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, oʻtgan yili fermerlik uchun yer olish boʻyicha murojaat qilgan 14 ming yoshdan atigi 3000 nafariga yer uchastkasi berilgan.