Yoshlarga 33 million soʻmgacha boʻlgan 6 oylik imtiyozli davr bilan garovsiz kredit beriladi

    Keyingi avlod 12 Yanvar 2021 110007

    Yoshlarni tadbirkorlikka yoʻnaltirish va ularning biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi va hamkor tashkilotlar tomonidan yoshlarga tadbirkorlik haqida nazariy bilimlar berilishi maʼlum qilindi.

    “Yoshlar 1+1” dasturi asosida 6 kun, yaʼni 48 soat davomida maxsus kurslar tashkil etilib, kurs tinglovchilariga maxsus sertifikatlar berilishi rejalashtirilmoqda. Kurslarni tugatgan ishsiz yoshlar 3 yil muddatga 33 million soʻmgacha boʻlgan 6 oylik imtiyozli davri va garovsiz kredit olish imkoniyatiga ega boʻladi.

    Mikrofirma va kichik korxona tashkil etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi va sugʻurta polislarisiz 225 million soʻmgacha kredit Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kafilligi asosida beriladi.