YOshlarga yarаtib berilayotgan imkoniyatlardan yoshlar mamnunmi?

    Zero besamar o'tgan bir soniya ham kelajakda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    Ushbu 2021-yil Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e'lon qilinishi o'z o'rnida biz yoshlarga bo'lgan e'tiborni yanada oshishiga kattadan-katta imkoniyatlar eshigi ochilishiga turtki bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Albatta, O'zbekiston kelajagi buyuk davlat va o'sib kelayotgan yosh avlodga bo'lgan kuchli e'tibor bu yana bir karra isbot bo'lmoqda. Bugungi kunda yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan ta'limga qaratilgan kuchli yondashuv kelgusida Vatanimiz ravnaqi yo'lida xizmat qiladigan etuk kadrlarni etishib chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni fan, texnika, sport va yana ko'plab sohalarda rivojlanib borishida bo'lgan shart-sharoitlar butun dunyo mamlakatlari orasida qiziqish uyg'otmoqda. Zero, buyuk kelajak bunyodkorlariga, ya'ni biz yoshlarga zarur imkoniyatlar yaratish Vatan taraqqiyotiga qo'shilgan munosib hissadir.

    Yoshlarga e'tibor-kelajakka e'tibor

    Hammamizga ma'lumki, bugungi kunda o'sib kelayotgan yoshlar o'rtasida o'ziga va atrofdagilariga zarar etkazuvchi xulq-atvor, jinoyatchilik,nazoratsizlik-huquqbuzarlik kabi qo'shtirnoq ichidagi illatlarning paydo bo'layotgani, yoshlar bu kabi illatlarning sababchilariga aylanib qolishayotganlari bu ota-ona nazoratidan chetda qolganidan dalolatdir. CHunki har bir farzand oiladagi muhitga qarab shakllanadi. SHu nuqtai nazardan kelib chiqib, barcha ota-onalarni yana bir bor farzand tarbiyasi uchun befarq bo'lmasdan, alohida e'tibor bilan yondashsalar, o'z farzandining bunday salbiy oqibatlardan saqlagan bo'lar edi. O'zbekiston yoshlar mamlakati va O'zbekistonning ertangi kuni bugungi kunda yoshlarning qanday ta'lim tarbiya olishlariga bog'liq.

    Yoshlar mustaqil hayotga qay darajada tayyor?

    Yoxud har qanday jamiyat uchun yosh avlodning taqdiri ustuvor vazifalardan biri bo'lib kelmoqda Bugungi kunda eng dolzarb savollardan biri bu yoshlarning mustaqil hayotga bo'lgan munosabati bo'lib, ko'p hollarda bu borada kamchiliklarga duch kelmoqdamiz. YOshlar tarbiyasi hamma davrlar, har qanday jamiyat uchun ham eng ustuvor vazifalardan biri bo'lib kelgan. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida o'ziga xos va mos milliy, diniy qadriyatlarga asoslangan xalqimizning tarbiya borasidagi azaliy an'analari Ommaviy madaniyat, mentalitetimizga yot g'oya va qarashlar ta'sirida asl mohiyatini yo'qotib borayotgani barchamizni tashvishga soladi. Ushbu jarayonga, ya'ni tarbiya masalasiga o'z vaqtida jiddiy e'tibor qaratmasak, ertaga kech bo'lishi, tuzatib bo'lmas darajadagi oqibatlarga olib kelishi mumkin. XXI asrda yashayotgan ekanmiz, biz yoshlar uchun ko'plab yangi marralarni zabt etish uchun keng ko'lamli imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Bulardan qay darajada unumli foydalanish yoki bee'tibor bo'lish o'z qo'limizda.

    Ta'lim tizimida olib borilayorgan islohatlar, chet el andozalariga asoslangan jarayonlar o'zini oqlamoqdami?

    Mamlakat taraqqiyotida ta'lim sohasi muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy ta'lim muassasalarida bu borada talaygina o'zgarishlarga guvoh bo'lishimiz mumkin. Misol tariqasida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan keng, yorug auditoriyalarda o'zgacha mas'uliyat bilan talaba dars olishga intilishi insonga zavq bag'ishlasa, ba'zi mamlakatlarda bu orzuga aylanmoqda. SHu tufayli har bir daqiqalarni qadriga etaylik. Zero besamar o'tgan bir soniya ham kelajakda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vatanimiz ravnaqi yo'lida munosib hissamizni qo'sha olsak marra bizniki! Zero, har bir kun yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

    Feruz Hakimov,

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.