Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi «Yashil tashabbuslar«ni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamgʻarma faoliyatini boshqarish, uning mablagʻlarini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi, jumladan:
- yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uygʻotish, ularning atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish;
- yoshlarning ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash, yashil energiya manbalaridan foydalanish kabi ekologik loyihalarini qoʻllab quvvatlash;
- mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlashda yoshlar ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
- yoshlarning daraxt koʻchatlarini ekish va parvarishlash kabi ekologik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan uning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi.