баннер
26 Apr 2025
20:12

    Yotoqxonaga kimlar ustuvorlik asosida qabul qilinishi belgilandi

    Ta'lim 15 Avgust 2023 3556

    Hukumat qarori (376–son, 14.08.2023-y.) bilan Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

    Reglamentga muvofiq, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.

    – “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

    – “Ijtimoiy himoya yagona reestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;

    – I va II guruh nogironli boʻlgan talabalar;

    – bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;

    – xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan talabalar;

    – “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik tanlovlarining respublika bosqichi gʻolib boʻlgan talabalar;

    – OTM talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

    – talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.

    Shunga koʻra, talabalar turar joyiga joylashish uchun yoʻllanma dastlab imtiyozli roʻyxat, soʻng umumiy roʻyxatdagi navbat boʻyicha avtomatik shakllantiriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech