Reglamentga muvofiq, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.

– “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

– “Ijtimoiy himoya yagona reestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;

– I va II guruh nogironli boʻlgan talabalar;

– bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;

– xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan talabalar;

– “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik tanlovlarining respublika bosqichi gʻolib boʻlgan talabalar;

– OTM talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

– talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.

Shunga koʻra, talabalar turar joyiga joylashish uchun yoʻllanma dastlab imtiyozli roʻyxat, soʻng umumiy roʻyxatdagi navbat boʻyicha avtomatik shakllantiriladi.