O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o'rinbosari Komil Allamjonov AQSHning O'zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda turli loyihalar bo'yicha fikr almashilgan. Xususan, Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etish masalalarini muhokama qilingan.

Ta'kidlanishicha, ko'plab blogerlardan YouTube monetizatsiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. SHu bois uchrashuvda elchi bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni o'rganish bo'yicha kelishib olingan. Bu haqda Komil Allamjonov o'zining Telegram kanalida xabar bermoqda.