“YouTube” videoxostingi sunʼiy intellekti xorvatiyalik taniqli shaxmat blogeri Antonio Radichning kanalini bloklab qoʻydi: uning partiyalar haqida mushohadalarini kompyuter irqiy kamsitish va tahdidlar oʻrnida qabul qilgan.

Radich oʻz kanalida turli shaxmat partiyalarini muhokama qilib boradi, Xikaru Nakamuraning oʻyini muhokama qilingan videoni joylaganidan soʻng kanal blokka tushib qolgan, yozmoqda “Daily Mail”.

Keyin maʼlum boʻlishicha, tahlillar “YouTube” shaxmat kanallaridagi sunʼiy intellekt 82 foizini “zararli” deb topgan 680 000 ta sharhda hech qanday irqiy kamsitish haqida gap ketmagan, shunchaki “qoralar”, “oqlar”, “hujum”, “xavf” singari shaxmat atamalari ishlatilgan, xolos.

“YouTube” texnik xizmati bloklash sababini izohlamadi, biroq oradan 24 soat oʻtib kanal yana ochilgan.

Antonio Radich 2007-yildan beri kanalini yuritib keladi, obunachilari soni 700 ming nafardan ziyod.