Musobaqada jami 128 nafar sportchilar ishtirok etdi. 9 yosh va undan katta bulgan 66 nafar oʻgil va 62 nafar qiz bolalardan iborat sportchi ishtirokchilar goliblik uchun kurashdilar.

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra 1-oʻrinni Uychi tumani jamoasi, 2-oʻrinni Kosonsoy tumani jamoasi va 3-oʻrinni Toʻraqoʻrgʻon tumani jamoasi egalladi. Gʻoliblarga “Vatanparvar” tashkilotining esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlari topshirildi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Chortoq tumani hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari D.Hakimova, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi raisi A.Alaxodjayev, tizimdagi tashkilotlar rahbarlari hamda hamkor davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, OAV xodimlari ishtirok etdi.


Sanjarbek Hamidov