Xabarda aytilishicha, shu yilning 25-fevral kuni Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turgʻunov avtomashinada yoʻl-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eshnazarovni urib yuborgani holati yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida Turgʻunov Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb etildi.
Sudning 28-fevral kungi ajrimi bilan gumonlanuvchi Turgʻunovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan oʻrnatilgan.
Tergov harakatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilib, aybdor shaxsga nisbatan jazo muqarrarligi qatʼiy taʼminlanadi.