Xitoyda I va II faza sinovlari muvaffaqiyatli oʻtgan ushbu vaksina bizning yurtimizga ham olib kelindi. Shu xususda yuzaga kelgan savollarga oydinlik kiritish maqsadida xitoylik yosh olim, Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi mutaxassisi Yuan Lingfeng javob beradi.

— Vaksina sinovlarida biror nojoʻya taʼsir qayd etildimi?

— Yurtimiz ahlini, umuman, butun dunyo xalqlari boshiga tushgan koronavirusning oldini olish maqsadida, olimlarimiz ertayu kech tinimsiz izlanishda. Natijada, ZF2001 rekombinant vaksinasini yaratishga muvaffaq boʻlishdi. Xitoyda, koʻngilli fuqarolar ishtirokida vaksinaning I - II fazalari muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi. Vaksina qabul qilgan fuqaro bizning doimiy nazoratimizga olindi. Kuzatuvlar davomida birorta ham fuqaroda jiddiy oʻzgarishlar yoki nojoʻya asoratlar paydo boʻlgani yoʻq. Vaksinaning hech qanday xavf tugʻdirmaganligiga ishonch hosil qilgach, Oʻzbekistonda ham klinik sinovlarni davom etishga ruxsat etildi. Endilikda Xitoyda va Oʻzbekistonda vaksinaning III fazasini qabul jarayoni davom etmoqda. Xitoyda esa III faza emlanish ishlari deyarli oxirlab qolgan. Bu ishlarni amalga oshirishga bizga kamarbasta boʻlayotgan Oʻzbekistonga katta minnatdorchilik bildiramiz!

Azaldan Xitoy va Oʻzbekiston davlatlari oʻrtasida doʻstona va iliq munosabatlar oʻrnatilgan. Urf-odatlarimiz va turmush tarzimiz ham bir-biriga juda oʻxshash. Shu sababli xalqingiz bizni juda yaxshi kutib olishdi. Quvonarlisi, bizga ishonch bildirib, koʻplab koʻngilli fuqarolar qabulga tashrif buyurishmoqda. Oʻylaymanki, bu jarayon vaksinaning xavfsizlik darajasini aniqlashimizga va taʼsirini bilishimizga katta yordam beradi.

— Nega vaksinani 3-marta olish muhim?

— Klinik tadqiqotlar doirasida joriy yilning 18-yanvar holatiga 3386 nafardan oshiq koʻngilli fuqaroga vaksina qilindi. Ulardan 67 nafar koʻngilli vaksinaning 2-dozasi bilan emlandi. Vaksinaning birinchi dozasi olganidan keyin 30 va 60 kun oʻtganidan keyin tegishli ravida 2-va 3-dozalar yuboriladi. Mana shu vaksinalarning uchchala dozasini ham oʻz vaqtida olish organizmda virusga qarshi antitanachalarning hosil boʻladi. Aynan 2 va 3- dozalarni olgan fuqarolarda antitanachalar sezilarli ravishda koʻtarilganligini guvohi boʻldik.

— Qanday nojoʻya taʼsirlar kuzatildi?

— Vaksina qabul qilgan insonlarda hech qanday nojoʻya oʻzgarishlar roʻy bermadi. Aksariyat, 90% vaksina qabul qilgan insonlar normal holatda yurishibdi. Faqat 10% aholida vaksina olingan joy biroz achishib, bezovta qilayotgani qayd etilgan. Lekin bunday olib qaraydigan boʻlsak, igna sanchilgan joy ham biroz achishishi turgan gap. Qolaversa, bunga oʻxshash holat inson organizmining vaksinaga boʻlgan odatiy reaksiyasidir.

— Koʻngillilar nechta joyda qabul qilinyapti?

— Hozirda Toshkentda vaksina olish istagida tashrif buyuruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 5 ta punkt xizmat koʻrsatmoqda. Fuqarolar oʻzlariga maʼqul yoki yaqin boʻlgan punktni tanlab, vaksina qabul qilishga kelishlari mumkin. Vaksinada ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolar mininnovation.uz saytga kirib, soʻrovnomani toʻldirib, oʻzlari haqida maʼlumotlarni qoldirishlari talab etiladi.

Bizning shifokorlar va hamshiralarimiz toʻlaqonli tayyorgarliklardan oʻtgan. Barchasi oʻz ishining mutaxassisi va ustasidir. Sizni ham vaksina olishga koʻngillilar sifatida taklif etib qolamiz!