GAZ-53 rusumli yuk avtomashinasi temir yoʻldan oʻtishning amaldagi qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan holda yopiq turgan shlagbaumni aylanib oʻtishga uringan. Lekin shu payti temir yoʻl boʻylab 62-sonli “Toshkent—Andijon” yoʻlovchi poyezdi harakatlanib kelayotgan. Avtomashinaning aynan oʻsha poyezd lokomotivining oʻng tomoniga borib urilishi oqibatida yoʻl transporti hodisasi sodir etilgan.

Natijada yuk avtomobilining kabinasi qattiq texnik shikastlangan. Haydovchisi esa olingan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, lokomotiv va yoʻlovchi poyezdining birinchi vagoniga ham texnik shikast yetkazilgan. Yoʻlovchilar orasida jabrlanganlar yoʻq. Shikastlangan lokomotiv esa Qoʻqon lokomotiv deposiga yetkazilgan. Reysdagi yoʻlovchilar poyezdini oʻrnatilgan manziliga boshqa elektrovoz yetkazgan.

YTH tufayli yoʻlovchi poyezdi 42 minutga kechikkan. Hozirgi paytda huquq-tartibot idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan YTH boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilyapti.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.