Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 9,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan 572 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

Yuk avtomobillari eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 62 taga kamaygan.

Oʻzbekiston 8 oyda yuk avtomobillarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston — 386 ta;

 Singapur — 71 ta;

Qirgʻiz R. — 65 ta;

Afgʻoniston — 29 ta.

2021-yilning yanvar-avgust oylarida 2 577 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekistonda aholiga tegishli boʻlgan 168 810 ta yuk avtomobillari bor.