Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 2 577 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga oshgan.

Ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari soni (yanvar-avgust oylarida):

2019-yil - 3 450 dona;

2020-yil - 2 545 dona;

2021-yil - 2 577 dona.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston 2021-yilning 7 oyida xorijga qiymati 8,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan yuk avtomobillarini eksport qilgan.