“Yuksalish” umummilliy harakati maʼlumotiga koʻra, WANGO - bu tinchlik va global farovonlik yoʻlida butun dunyo nodavlat tashkilotlarini birlashtiruvchi xalqaro tashkilotdir.
Assotsiatsiya tashkilot aʼzolari — NNTlarning oʻzaro muloqot va hamkorlik qilishi, tajriba almashishi, insoniyatning global muammolarini hal qilishga oʻz hissasini qoʻshishida koʻmak beradi va uning mexanizmlarini ilgari suradi.
Assotsiatsiya 2000-yilda insoniyat farovonligi, adolat va umumbashariy tinchlik gʻoyalariga sodiq bir nechta xalqaro NNTlar bilan qisqa vaqt ichida yetakchilikni qoʻlga oldi.
WANGOning vazifasi — aʼzo tashkilotlarga xizmat koʻrsatish, nodavlat sektorni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish hamda jamoatchilikning nodavlat uyushmalari haqida xabardorligini oshirishdan iborat.