WANGO bu — tinchlik va global farovonlik yoʻlida butun dunyo nodavlat tashkilotlarini birlashtiruvchi xalqaro tashkilotdir. Assotsiatsiya tashkilot aʼzolari — NNTlarning oʻzaro muloqot va hamkorlik qilishlari, tajribalarini oʻrtoqlashishlari, ilhomlantirishlari va insoniyatning global muammolarini hal qilishga oʻz hissalarini qoʻshishlarida koʻmak beradi va uning mexanizmlarini ilgari suradi.

Assotsiatsiya 2000-yilda insoniyat farovonligi, adolat va umumbashariy tinchlik gʻoyalariga sodiq bir nechta xalqaro NNTlar bilan qisqa vaqt ichida yetakchilikni qoʻlga oldi.

WANGOʻning vazifasi — aʼzo tashkilotlarga xizmat koʻrsatish, umuman, nodavlat sektorni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish hamda jamoatchilikning nodavlat uyushmalari haqida xabardorligini oshirish.

Global NNTlar tarmogʻi hamda hukumat va hukumatlatlararo organlar, biznes va universitetlardan iborat aʼzo tashkilotlar tufayli WANGO yirik xavotirlarni chaqiruvchi masalalar yechimida yetakchi tashkilotga aylandi, deb xabar beradi “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati.