Unga koʻra, Parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi Bobur Bekmurodov Harakat raisi boʻldi.
B.Bekmurodov 1985-yil 5-yanvarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. U Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent moliya institutini tamomlagan.
2005-2006-yillarda AQSHning Oʻzbekistondagi “Partnership for Academic development” (“Akademik rivojlanish boʻyicha hamkorlik”) dasturi tinglovchisi, 2018-yilda “The John Smith Trust” (Buyuk Britaniya) menejment dasturi tinglovchisi boʻlgan.