D.Shodmonov 2016-yil 26-avgustdan shu kunga qadar Qashqadaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi farmoniga muvofiq “Yuksalish” umummilliy harakatining viloyat boʻlinmasi rahbari bir vaqtning oʻzida viloyat hokimi maslahatchisi hisoblanadi.