Premyeradan oldin Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida “Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati – vatanparvarlik namunasi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼruzalar, sahna koʻrinishlari, gʻazallar va sheʼriy parchalar oʻqildi.

Shundan soʻng, Kinematografiya agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti buyurtmasiga binoan “Sintez film” studiyasi tomonidan suratga olingan “Yoʻlbars izidan. Zahiriddin Muhammad Bobur” hujjatli filmi namoyish etildi.

Mazkur kinokartina “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olingan turkum filmlardan biri. Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Bobur Sher oʻgʻli, postanovkachi operator Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Sanʼat Kenjayev, prodyuser Xurshid Alixoʻjayev. Aktyorlar Ilhom Berdiyev, Elmira Rahimjonova, Bahrillo Rahimov, Alisher Yoʻldoshev, Mansur Abduxoliqov, Rayhon Asadova, Umid Zokirov, Daler Temurov, Zarif Hasanov.