O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Yulduz Maxmudova gigant-slalom dasturi bahslarida startga chiqdi.

«Tofane Alpine Skiing Centre» majmuasida tashkil etilayotgan musobaqadagi ilk urinishida Yulduz Maxmudova 1:46.64 soniyada marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Yurtdoshimizni oldinda ikkinchi bosqich kutib turibdi. Sportchimizning keyingi chiqishi Toshkent vaqti bilan 16:45 dan so‘ng boshlanadi, deb xabar beradi Milliy Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.