Toshkent shahar sudi matbuot xizmatining xabar berishicha, 29-oktyabr kuni ish sudda koʻrilib, qabul qilingan hal qiluv qarori bilan Yulduz Usmonovadan daʼvogar Yoʻlchi Roʻziyev foydasiga 50 mln soʻm maʼnaviy zarar uchun kompensatsiya va mualliflik huquqini buzgani oqibatida yetkazilgan zarar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (135 mln soʻm), jami 185 mln soʻm miqdorida tovon puli undirish belgilangan.

Sudda taraflardan nizoni oʻzaro kelishib, hal qilish uchun muddat berilgan. Ammo sud yakuniga qadar kelishuvga erishilmagan.

Fuqarolik protsessual kodeksi talabiga muvofiq, Yulduz Usmonova ixtiyorida hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritish uchun 1 oy muddat mavjud.