Yuqori martabali mehmonni Oʻzbekiston hukumati va viloyat hokimligi masʼullari kutib oldi.
2017-yildan buyon tashkilotga rahbarlik qilgan Odri Azule uchun mazkur sessiya uning YUNESKO Bosh direktori sifatida qatnashgan soʻnggi sessiyasi boʻladi.
Samarqandda YUNESKOning yangi bosh direktori rasman ishga kirishadi.
Bu vazifaga yaqinda tashkilot Ijroiya qoʻmitasining 222-sessiyasida oʻtkazilgan saylovda gʻolib chiqqan misrlik 54 yoshli Xolid Al-Ananiy tasdiqlanadi.
Odri Azule xonim tashkilotning Samarqand forumi arafasida “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida “Boʻlinishlar muloqotga soya solishi mumkin boʻlgan davrda mazkur anjuman kelajagimiz oʻzaro bogʻliq ekanini eslatib turishi kerak”, deb taʼkidlagan.
Eslatib oʻtamiz, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi soʻnggi qirq yil ichida ilk bor Parijdan boshqa shaharda, 30-oktyabr — 13-noyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadi.







