Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining soni 4 baravarga oshgan.

Aholi sonining tez surʼatlarda oʻsishiga qaramay maktabgacha taʼlimni qamrab olinish darajasi 2017-yildagi 24 foizdan 2021-yilda 62 foizgacha oshgan. Bunda xususiy sektorning jalb qilinishi muhim omillardan biri boʻlgan.

YUNESKO tavsiyalari asosida Oʻzbekiston hukumati oxirgi 3 yilda oliy taʼlim muassasalari sonini ikki baravarga oshirish boʻyicha amaliy qadamlar tashlagan. 2021-yilda oliy taʼlimga qamrab olinish koʻrsatkichi uch baravar – 28% gacha ortgan. Bu raqamni 2030-yilgacha 60% gacha oshirish rejalashtirilgan.