Hozirgi kunda respublika rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining oʻrni juda muhim. Yurtimiz rahbariyati tomonidan oʻtgan yillarda amalga oshirilgan islohotlar hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oʻz samarasini bermoqda.

Raqamli iqtisodiyotni yana-da rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar qatorida virtual axborotga ishlov berish va saqlash uchun apparat vositalarini koʻpaytirish va server quvvatlarini oshirish masalalari oʻrin olgan.

Muvofiq ravishda, Yunusabad Business City hududida bunday zamonaviy maʼlumotlar markazining qurilishi koʻplab sohalarni rivojlantirishga turtki beradi. Chunki IT-loyihalar zamonaviy xostingning barcha afzalliklariga ega boʻlib, ulardan banklar va yirik kompaniyalar, davlat tuzilmalari, xizmat koʻrsatish sohasining vakil kompaniyalari va boshqalar foydalana oladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.