Joriy yilning 29-sentyabr kuni "Samarqand avtomobil zavodi" MCHJda ishlab chiqarilgan "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning navbatdagi 10 donasi “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi "8-Avtobus saroyi" filialiga yetkazilgan. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur xarid qilingan yangi avtobuslarning 7 donasi 6-sonli "Yunusobod mavzesi 6-daha — Yunusobod mavzesi 17-daha" avtobus yo'nalishiga biriktirildi.
Jadvallar soni bo'yicha bu avtobuslardan ish kunlarida 7 ta, shanba kunlarida 7 ta va yakshanba kunlarida 6 ta chiqariladi.
Ma'lumot uchun, bugunga qadar Toshkent shahriga ushbu avtobuslardan 115 dona olib kelingan bo'lib, endilikda ularning soni 125 donaga yetdi.