Xususan, gaz taʼminotida uch bosqichlidan ikki bosqichli tizimga oʻtilayotganligi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarning hal etilishiga xizmat qiladi.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida jami 88 682 mingdan ortiq tabiiy gaz isteʼmolchisi mavjud. Bugun hududning 20 mingdan ortiq tabiiy gaz isteʼmolchisi xonadoniga “aqlli” hisoblagichlar oʻrnatilgan.

Shuningdek, isteʼmolchilarga tabiiy gaz 385 dona gaz maromlash qurilmalari orqali yetkazib berilmoqda. Ularga sifatli va samarali xizmat koʻrsatish maqsadida soha vakillari tomonidan taʼminot uch bosqichlidan ikki bosqichli tizimga oʻtkazilmoqda. Shu maqsadda tumandagi “Bobodehqon” va “Registon” mahallalarida ikki bosqichli tizimga oʻtkazish boʻyicha demontaj ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada 30 dan ortiq gaz maromlash qurilmasi demontaj yoʻli bilan olib tashlanadi hamda 1300 dan ortiq yerli xonadonlar ikki bosqichli tizimga oʻtkaziladi.

Uch bosqichlidan ikki bosqichliga oʻtilishi bu – maromlash qurilmasi hisobdonda mavjud, degani. Natijada tabiiy gazning isteʼmolchilarga bir maromda yetib borilishi taʼminlanadi. Gaz taqsimlash qurilmalari orqali bosimni nazorat qilishga esa hojat qolmaydi. “Bobodehqon” mahallasidagi yer osti gaz quvurlari maʼnan eskirganligi bois hozirda yer ustiga chiqarilib, yangi gaz quvurlari tortilmoqda.