Yunusobod va Qibray tumanlarida 934,9 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxonalar aniqlandi

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.K. va boshqalar tumandagi “Katta Xasanboy” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib jami 393,7 ming metr kub tabiiy gazni oʻgʻirlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 590,7 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

    Shu kabi, Departamentning Qibray tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.A.” MCHJ rahbari D.S. MCHJ issiqxonasida jami 229,4 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 344,2 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.